Qaysi banklarda dollar va yevroni qulay narxlarda sotish va sotib olish mumkin
23-fevral holatiga koʻra, dollarning rasmiy kursi — 12 490 soʻmni, yevro esa — 13 510 soʻmni tashkil qildi. «Kursiv» Oʻzbekistondagi qaysi banklar kassalaridan xorijiy valyutani sotib olish va sotishda qulay tariflar mavjudligini oʻrganib chiqdi.
Dollar
26-fevral holatiga koʻra, AQSh dollarini xarid qilish qulay kurs Trustbank — 12 460 so‘m, Turonbank — 12 450 so‘m va Biznesni Rivojlantirish Bankida — 12 445 so‘mni tashkil qiladi.
Shuningdek, dollar sotishning eng yaxshi kursi, Infinbank kassalarida — 12 490 so‘m, Madad Invest bankda— 12 500 so‘m va Uzum Bankda — 12 505 so‘m belgilangan.
Yevro
Yevroni xarid qilish eng qulay kurs Uzum Bank (13 320 soʻm), Octobank va NBU’da – 13 300 soʻm, SQB’da esa – 13 200 so‘m belgilangan.
Infin bank – 13 515 so‘m, Ipotekabank – 13 520 so‘m va NBU – 13 550 so‘mdan sotilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Fevral oyi boshidan o‘zbek so‘mi AQSh dollariga nisbatan qanday qadrsizlangani haqida e’lon qilgan edi.