Bahorning ilk kunida qanday havo bo‘ladi

eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: Pixabay

Bugun, 1-mart kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik(yomg‘ir, qor) kutiladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati 2-7 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.

Toshkent shahrida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin va qorga aylanishi ehtimoli bor. Ertalab va kechasi tuman tushadi. Harorat kunduzi 4-6° iliq, kechasi esa 0-2° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Tuman tushadi va qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi 2-5 daraja iliq bo‘ladi, kechasi 0-5 sovuq bo‘ladi.  

Shuningdek