Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punktining oʻtkazish hajmi uch barobar ortadi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi nazorat-oʻtkazish punktining rekonstruksiya qilinishi ularning oʻtkazish qobiliyatini uch barobar oshiradi. Bu haqda «Kazinform» axborot agentligi maʼlum qildi.
Bu masala ikki davlat bojxona va chegara xizmatlari vakillari tomonidan muhokama qilindi. Shuningdek, «Qoplon – Navoiy» va «Jibek yoli – Gʻishtkoʻprik» bojxona postlarida olib borilayotgan taʼmirlash ishlari bilan ham tanishildi.
«Hozirda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan “Qoplonbek – Navoiy» bu yil foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekiston iyunda, Qozogʻiston esa avgustda yakunlashi kerak”, — dedi Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasining strategik rejalashtirish va bojxona tartib-taomillarini optimallashtirish boshqarmasi boshligʻi Farhod Allamjonov Kazinform agentligiga.
Allamjonovning qoʻshimcha qilishicha, joriy yilda mamlakatimizda «Gʻishtkoʻprik» nazorat-o‘tkazish punktining taʼmirlash ishlari yakunlanishi rejalashtirilgan. Modernizatsiyadan soʻng kuniga 50 ming kishi va 3 mingga yaqin avtomobilni qabul qila oladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Qozogʻiston savdo toʻsiqlarini bartaraf etish boʻyicha ishchi guruh tuzishi haqida xabar bergan edi.