Ish haqini qanday oshirish mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
MHTI mutaxassislari bunga milliy qadriyatlar ta'sir qilishini aniqladilar
Foto: depositphotos.com

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari milliy qadriyatlarning iqtisodiyotga taʼsiri haqida tadqiqot o‘tkazdilar.

Tadqiqotda ota-onaga hurmat, lafz, pokizalik, jasorat, o‘zbek tili, milliy qadriyatlar haqida so‘z boradi.

Xabarda aytilishicha, ota-onasi bilan birga yashayotgan shaxsning oylik daromadi mustaqil yashayotgan kishinikidan 0,09 foizga ko‘p ekanligi aniqlangan.

Mutaxassislar fikricha, lafzning o‘rni O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘z joyini egallagan. Tahlil qilinayotgan Markaziy Osiyo davlatlarida qonun ustuvorligining 0,01 bandga oshishi YaIMni deyarli 0,7 foizga o’sishiga olib keldi.

Pokizalik va tozalikka rioya qilish ham o‘z ta’sirini iqtisodiyotga ko‘rsatadi. Bu qadriyatga nafaqat inson pokizaligi va uning atrofidagi tabiat ham toza bo‘lishi kerak. Natijada, suv ta’minoti sifatini yaxshilash daromadning 22,1 foizga oshishiga olib keladi. Ikkinchi modelda sanitariya sharoitlari yaxshilanish aholi jon boshiga daromadlarni 13,2 foizga oshirishi aniqlandi. Uchinchi model – sanitariya va toza ichimlik suvi o’zgaruvchanlarining o’zaro ta’siri o’zgaruvchisi jon boshiga daromad 19,2 foizga oshishini ko‘rsatgan edi.

Jasorat ham milliy iqtisodiyotga o‘z hissasini qo‘shar ekan. Bu sifat, masalan, fond bozorida namoyon bo’lishi mumkin. Kapital bozori daromadlarining 1 foizga oshishi iqtisodiy o’sishni 3,58 foizga oshiradi. Birlashtirilgan eng kichik kvadratlar (Pooled OLS) model bo’yicha olingan natijalar esa kapital bozoridagi daromadning 1 foizini tashkil qiladi. Iqtisodiy o’sishning 3,51 foizga oshishini ko’rsatdi.

Tahlil shuni ko’rsatdiki, ona tilini bilish boshqa tillarni o’zlashtirish imkoniyatini va umumiy ta’lim darajasini oshiradi. O’zbekistonda har bir qo‘shimcha o‘qish yili uchun ish haqini 8,79 foizgacha oshiradi (dastlabki tadqiqotga koʻra Jizzax viloyatida 12,5 foizgacha).

Aytish joizki, yuqorida aytilgan milliy qadriyatlardan tashqari harakatda baraka, erkin
va mustaqil fikrlash, yelkadoshlik, bag‘rikenglik, silai rahm, tabiat bilan uyg‘unlik va rozi-rizolik qadriyatlar ham milliy iqtisodiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Avvalroq «Kursiv» Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda iste’molchilar kayfiyati bo‘yicha Freedom Finance Global tadqiqoti natijalarini e’lon qilgan. 2024 yilning birinchi oyi Yangi yil bayramlaridan keyin jamoatchilik kayfiyati qanday o’zgarganini ko’rsatdi.

Shuningdek