Qirg‘iziston “Qambar Ota-1” qurilishi uchun Jahon bankidan $5 mln jalb qiladi
Qirg‘iziston «Qambar Ota-1» GESi qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan $5 mln jalb qilmoqchi, deya xabar bermoqda Economist.kg. Eslatib o‘tamiz, assotsiatsiya Jahon banki guruhiga kiradi.
Bishkek $3 mln kredit, $2 mln grant oladi.Bu haqdagi kelishuv Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan ratifikatsiya qilingan.
O‘tgan yilning kuzida respublika hukumati elektr stansiyasini barpo etishga tayyorgarlik ko‘rish uchun $7 mlnga yaqin mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.
Loyihada Qirg‘izistondan tashqari O‘zbekiston va Qozog‘iston ham ishtirok etmoqda. Markaziy Osiyoning uchta davlati o‘tgan yilning mart oyi o‘rtalarida qurilishning asosiy bosqichlarini kelishib olishgan edi. Elektr stansiyasi qurilishiga Rossiyada ham qiziqish bildirildi.
Avvalroq «Kursiv» 2030-yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlariga an’anaviy va yashil energiya uchun $20 mlrd yaqin sarmoya kiritish zarurligini yozgan edi.