Toshkentliklar Yangihayot tumanida ko‘cha va dahalarga nom berishi yoki qayta nomlashi mumkin bo‘ladi
eʼlon qilindi
Arizalar 19-martgacha qabul qilinadi
Toshkent shahri aholisidan Yangihayot tumanidagi daha va ko‘chalarga nom berish va ularni qayta nomlash taklif qilindi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Arizalar joriy yilning 5 martidan 19 martigacha qabul qilinadi.
Fuqarolar o‘z fikrlarini havola orqali yoki +998-71-210-04-13 telefon raqami orqali yoki geonom@digitaltashkent.uz elektron pochta manziliga yuborishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi birinchi gastro ko‘chasi Yashnobod tumanida tashkil etilishi xabar qilgan edi.