Ko‘pincha ayollarni qaysi sohaga ishga taklif qilishadi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
HeadHunter tahlili
HeadHunter O‘zbekistondagi mehnat bozoridagi ayollar ahvolini tahlil qildi. 2023-yilda ayollar ko‘proq tibbiyot va farmatsevtika sohalarida ishlashga taklif qilingan (76 foiz).
Shuningdek, ta’lim (69 foiz), buxgalteriya (65 foiz), xodimlarni boshqarish (62 foiz) va madaniyat (58 foiz) sohalarida ham takliflar yuqori.
Eng kam takliflar tog‘-kon sanoati, og‘ir mashinasozlik va avtomobil biznesida qayd etilgan – mos ravishda 21 foiz, 19 foiz va 17 foiz.
Ayollarning o‘zlari ko‘pincha ma’muriy lavozimlar (jami 9,5 foiz), ta’lim (8,4 foiz) va buxgalteriya (8 foiz) bilan qiziqishadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda 755 mingdan ortiq nogiron insonlar yashashini e’lon qilgan edi. Ularning atigi 3,7 foizi bandlik darajasiga ega.