Oʻzbekistonga Yevropaning qaysi davlatidan ko‘proq sayyoh tashrif buyurdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra
                    
                            
2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga Yevropa Ittifoqi (YI) davlatlaridan umumiy hisobda 4,6 mingga yaqin sayyoh tashrif buyurdi. Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, eng ko‘p nemislar, italiyaliklar va inglizlar tashrif buyurgan.
Yangi yilning dastlabki 30 kunida Oʻzbekistonga Germaniyadan 652 nafar, Italiyadan 597 nafar va Buyuk Britaniyadan 523 nafar fuqaro kelgan. Shuningdek, 455 nafar ispaniyalik, 436 nafar fransuz fuqarosi ham tashrif buyurdi.
Maʼlumot uchun, 2023-yilda Oʻzbekistonga 6,6 million sayyoh kelgan. Bu oʻtgan yilga nisbatdan 26,6 foizga koʻp boʻlib, mehmonlarning aksariyati Tojikistondan kelgan.
