Qaysi banklardan dollar va yevroni qulay narxlarda sotish va sotib olish mumkin
Oʻzbekistonda 7-mart holatiga koʻra, dollarning rasmiy kursi — 12 510,86 soʻm, yevro 13 608,06 soʻmni tashkil qiladi. «Kursiv» respublikaning qaysi banklarida dollar va yevroni sotib olish va sotishda qulay stavkalar mavjudligini aniqladi.
Dollar
6-mart holatiga koʻra, Infinbank va BRBda Amerika valyutasini xarid qilish uchun eng qulay kurs — 12 470 soʻmni, shuningdek, Garant Bank va Oʻzmilliybank – 12 460 soʻmni qilib belgilangan.
Shu bilan birga, Infinbank, Anor bank va Aloqabank valyuta ayirboshlash shoxobchalarida dollar sotishning kursi — 12 510 soʻmni tashkil etmoqda.
Yevro
Oʻzmilliybankda yevro sotib olish uchun qulay kurs (13 400 soʻm), Oktobank — 13 300 soʻm.
Ipoteka bank ayirboshlash shoxobchalarida yevro sotishning kursi — 13 600 soʻmni tashkil etadi.