UzAuto Motors va Chevrolet veb-saytlari modernizatsiya sababli vaqtincha ishlamayapti

eʼlon qilindi
saytlarda texnik ishlar olib borilmoqda
Foto: Unsplash

UzAuto Motors va Chevrolet veb-saytlari modernizatsiya dasturi doirasida texnik ishlar olib borilayotgani sababli vaqtincha ishlamayapti. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Kompaniya yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun mijozlardan uzr soʻraydi», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq UzAuto avtomobillarni xarid qilish boʻyicha onlayn shartnomalar tizimini joriy qilgan edi. Platforma iOS va Android operatsion tizimlari uchun moʻljallangan mobil ilova orqali hamda savdo.uzavtosanoat.uz saytida mavjud.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston respublikasi Chevrolet avtomobillarini sotish boʻyicha dunyodagi ikkinchi yirik bozorga aylandi. Oʻtgan yili mamlakatimizda ushbu markadagi jami 369,8 mingdan ortiq avtomobil sotilgan.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun benzin talabini pasaytirganini haqida xabar bergan edi.

Shuningdek