Rossiya Federatsiyasida mutaxassisligi boʻyicha ishlamayotgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Hukumat qonun loyihasini tayyorladi
Foto: Mixail Voskresenskiy / «RIA Novosti»

Rossiya Federatsiyasida oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlamayotgan migrantlar mamlakatni tark etishga majbur boʻladi. Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tegishli qonun loyihasini tayyorladi.

Bu qonun loyihasi Rossiyaga uyushgan yollash orqali kelgan chet ellik ishchilarga taʼsir qiladi. Agar ular taklif qilgan korxonalarda ishlashdan bosh tortsalar, mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Ular 15 kun ichida mamlakatni tark etishlari talab qilinadi.

Bundan tashqari, ishga kirish uchun maʼlum bir ish beruvchidan vaqtinchalik ishlash uchun ruxsatnoma olish talab qilinadi.

Rossiya Federatsiyasi poytaxtida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan mehnat muhojirining oʻrtacha maoshi 54,5 ming rublga (taxminan$597) tashkil qilishi haqida xabar qilingan edi.

Shuningdek