Chekish davlat iqtisodiyotiga qanday zarar keltiradi

eʼlon qilindi
Iqtisodiy sharh jurnali xabar berdi
Foto: Phonoteka.org

Kontrabandadan ko‘rilgan zarar tamaki ishlab chiqaruvchilari, ularni tarqatish kanallari nazoratchilari yoki ulgurji sotuvchilari emas, balki davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Bu haqida Iqtisodiy sharh jurnali xabar berdi.

Bugungi kunda Yevropada 20 quti sigaret o‘rtacha oylik ish haqining 0,26 foizini ($2239 ), O‘zbekistonda esa (o‘rtacha oylik ish haqi 4,4 mln so‘m) 5,5 foizni tashkil etadi.

Ulgurji sotuvchilar hatto noqonuniy savdodan ham foyda ko’radilar. Sababi, ular birinchi navbatda tamaki mahsulotlarini birlamchi sotishdan daromad oladilar.

Tamaki mahsulotlari kontrabandasi soliqlarning yuqoriligi va noqonuniy savdoga qarshi kurash choralarining yetarli emasligi bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, yirik soliq to‘lovchi kompaniyalardan biri UZBAT (Uzbekistan British American Tobacco) hisoblanadi. 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida 1,97 trln so‘m soliq to‘lagan. Bu xususiy kompaniyalar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Shuningdek