Payshanba kuni O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Sinoptiklar ma'lumotlariga ko'ra
Foto: «Kursiv»

14-mart, payshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, ayrim hududlarda qorga o‘tishi kutilmoqda, deb xabar berdi «O‘zgidromet». Sinoptiklarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik 15-mart, juma kuni toʻxtaydi.

14-mart kuni havo harorati kechasi 0…+5° gacha, kunduzi +3…+8° gacha pasayadi. 15-mart kuni sinoptiklar kechasi -3…+2°, kunduzi +6…+11° bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda mart oyida o‘rtacha oylik havo harorati +4…+9° bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek