2023-yilda Alif mijozlar sonini deyarli 60 foizga oshirdi
eʼlon qilindi
Mijozlar soni 900 mingga yetdi
2023-yilda Alif fintex kompaniyasi deyarli 900 ming mijozga xizmat ko‘rsatdi, bu 2022-yilga nisbatan 58 foizga ko‘pdir.
Sun‘iy intellekt texnologiyalarini baholash va mijozlarni tekshiruv tizimlariga integratsiyalashuvi bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha 1,5 milliondan ortiq arizalarni ko‘rib chiqish imkonini berdi. Bu Alif Nasiyaning umumiy bo‘lib-bo‘lib sotish hajmini 27 foizga oshirib, $123 mln yetkazdi.
Bundan tashqari, «Alif Mobi» toʻlov ilovasi foydalanuvchilar bazasida 169 foizga, oylik faol foydalanuvchilar soni esa 102 foizga oʻsgan.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil yakuniga ko‘ra «Trastbank»ning sof foydasi 800,2 mlrd so‘mga yetgani haqida xabar bergan edi. Bank daromadini 2022 yilga nisbatan 32,2 foizga oshirdi.