Yevropa komissiyasi AliExpressʼda shaffoflik yoʻq deb gumon qilmoqda
Yevropa komissiyasi Xitoyning AliExpress kompaniyasiga raqamli xizmatlar haqidagi qonun buzilishi holatlari yuzasidan tekshiruv boshladi. Hukumat veb-saytiga koʻra, savdo maydonchasi hujjatning oʻnta moddasiga mos kelmaganlikda gumon qilinmoqda.
Komissiya AliExpress noqonuniy maʼlumotlarning tarqalishi xavfini qanday kamaytirishini, kontentni moderatsiya qilishini, foydalanuvchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqishni, tavsiya va reklama tizimlarida shaffoflikni taʼminlashini va tadqiqot uchun maʼlumotlarni taqdim etishini tekshiradi.
Xabarda tergov qancha davom etishiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq Yevropa komissiyasi Meta va TikTokʼni ushbu qonunni buzganlikda gumon qilgan edi.
Raqamli xizmatlar toʻgʻrisidagi qonun Yevropadagi barcha onlayn xizmat platformalariga taalluqlidir. Xususan, u foydalanuvchilarni noqonuniy maʼlumotlardan himoya qilish uchun saytlarni kontentni moderatsiya qilishga majbur qiladi. Hujjat 17-fevraldan kuchga kirdi.