Ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga $100 million ajratiladi
Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qariyb $100 million miqdorida imtiyozli kreditlar ajratiladi, deb xabar berdi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi matbuot xizmati rahbari Saodat Baymirzaeva.
Besh yil davomida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ayollar soni 205 ming nafardan oshdi.
«2023-yilda 279 mingta tadbirkorlik loyihasini moliyalashtirish uchun 13 trillion so‘m miqdorida kreditlar ajratildi. 57 mingga yaqin tadbirkor ayollarga salkam 300 milliard so‘mlik subsidiyalar ajratildi», – dedi Baymirzaeva.
Shuningdek, mamlakatimizda 200 mingdan ortiq xotin-qiz kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘ldi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda ayollarning biznesdagi yetakchiligi haqida yozgan edi.