Telegram $330 mln obligatsiyalar chiqardi
Telegram messenjeriga egalik qiluvchi kompaniya yanada kengayishi uchun $330 mln obligatsiyalar chiqardi, dedi uning asoschisi Pavel Durov.
«Obligatsiyalarni joylashtirish shartlari (Federal rezerv stavkasi boʻyicha toʻgʻrilangan) kompaniyamiz tarixidagi Telegram uchun eng maqbul boʻldi», — deb yozdi Durov Telegramʼdagi kanalida.
Messenjer asoschisining qo‘shimcha qilishicha, Telegram obligatsiyalari «benuqson obro‘ga ega» global fondlar tomonidan sotib olingan. Shu bilan birga kompaniyaning qimmatli qog’ozlariga talab ortdi.
«Bu (obligatsiyalar chiqarilishi – Tahrir.) bizning sohamizning “go‘liyotlariga» qarshi kurashishga qodir mustaqil platforma sifatidagi pozitsiyamizni yanada mustahkamlaydi”, dedi Durov.
Avvalroq «Kursiv» Telegram IPO’ga chiqishi mumkinligini e’lon qilgan edi.
Telegram auditoriyasi 900 mln foydalanuvchini tashkil etadi. Uch yil avval bu ko‘rsatkich 500 mln.