Air Samarkand aviakompaniyasi birinchi xalqaro parvozini amalga oshirdi

eʼlon qilindi
Samolyot Samarqanddan Istanbulga uchgan
Rasm: Zohid Qurbonov / Kursiv

Bugun, 21-mart kuni Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqand – Istanbul xalqaro reysini yoʻlga qoʻydi, deb xabar berdi «Kursiv» muxbiri.

Samarqand aeroportida Air Samarkand birinchi xalqaro reysini tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda aviakompaniyaning tijorat direktori Sezai Bayram birinchi chiptani sotib olgan yo‘lovchiga samolyot maketini sovg‘a qildi va boshqalarga minnatdorchilik bildirdi.

Aviakompaniya ambasadori Sevara Nazarxon bilan fotosessiya bo‘lib o‘tdi. U har bir muxlisiga dastxat berdi. Samolyot parvozidan oldin yoʻlovchilarga qoʻshiq aytib berdi va yengil parvoz tiladi.

Avvalroq «Kursiv» Air Samarkand aviakompaniyasi 2024-yilda parvozlarni boshlashini eʼlon qilgan edi.

Shuningdek