Oʻzgidromet togʻli hududlarda sel kelish xavfidan ogohlantirdi
Oʻzgidromet 26—31-mart kunlari Oʻzbekistonning togʻ va togʻ oldi hududlarida sel kelishi xavfi borligini maʼlum qildi.
Togʻ oldi va togʻli hududlar aholisi, shuningdek, togʻli hududlarda dam oluvchilar ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirildi.
Oʻzgidrometning xabar berishicha, 26—30-mart kunlari Oʻzbekiston boʻylab yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi kutilmoqda. 26-28-mart kunlari shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kuchli yomgʻirlar natijasida ayrim hududlarni suv bosishi mumkin.
25-mart, dushanba kuni Toshkentda havo harorati +25…+27° gacha koʻtarilishi va yomgʻir yog‘masligi haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Avvalroq «Kursiv» kuchli sel surxondaryoliklarning uylarini vayron qilgani haqida yozgan edi.