O‘zbekiston G7 davlatlari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqchi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Tashqi ishlar vazirligida G7 elchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
                    
                            
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov G7 (Katta yettilik) mamlakatlari elchilari bilan uchrashib, hamkorlik yo‘llarini muhokama qildi, deb xabar qildi oʻzbekistonlik diplomat oʻzining Telegram-kanalida.
Tomonlar savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va logistika sohasida yangi zanjirlar yaratish, sarmoya va kooperatsiya loyihalarini jalb etish masalalarini muhokama qildi.
Saidov bilan Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya, Yaponiya kabi davlatlar vakillari uchrashdi. Bundan tashqari, tadbirda Yevropa Ittifoqi elchisi ham ishtirok etdi.
Yaponiya rasmiylari Markaziy Osiyo bilan munosabatlarni mustahkamlashni muhim vazifa deb bilishi avvalroq xabar qilingan edi.