Bozordagi vaziyat: neft narxi pasayishni boshladi
Chorshanba kungi auksionda neftning jahon narxlari Amerika rasmiylarining xomashyo zaxiralari ortgani haqidagi xabarlari tufayli tushib ketdi, deya xabar beradi Trading Economics portali.
Shu tariqa, Brent neftining bir barreli fyucherslari $86, WTI narxi esa $81 pastga tushdi.
Bunga AQSh Energetika vazirligining (AQSh) o‘tgan haftada xom neft zaxiralarining 9,3 mln barrelga oshgani haqidagi hisoboti sabab bo‘ldi. 22-mart holatiga ko’ra, bu mamlakat 363 mln barrel neftga ega. Bu 2023-yil aprelidan beri eng yuqori ko‘rsatkich.
Biroq, treyderlar xomashyo bilan ishlashda ehtiyotkorona yondashishmoqda, chunki Ukraina dronlari Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilishda davom etmoqda. Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli bozor keskinligicha qolmoqda.
Oltin narxi bir untsiya uchun $2170 darajasida barqarorlashdi. Investorlar hali ham AQSh inflyatsiya ko‘rsatkichlari e’lon qilinishini kutishmoqda. Ular Federal rezerv siyosati va bozor sharoitlariga ta’sir qilishi mumkin.
Bir untsiya kumushning jahon narxi $24,5 tashkil qiladi. 20-martda eng yuqori cho‘qqiga chiqqandan beri u ham barqarorlashdi.
«Kursiv» bir kun avval bozordagi vaziyat haqida yozgan edi.