Yandex.Market Oʻzbekistonda kiyim-kechak ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻymoqchi

eʼlon qilindi
O‘z brendi ostida
Фото: Unsplash

Rossiyaning Yandex.Market internet doʻkoni xorijiy mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekistondagi korxonalarda oʻz brendi ostida kiyim tikish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda «Kommersant» xabar bermoqda.

Kompaniya brendlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalar topshirdi, ularning baʼzilari bolalar va kattalar tekstil mahsulotlariga tegishli.

Yandex.Market maʼlumotlariga koʻra, fashion yoʻnalishi elektron tijorat bozorida tez oʻsishmoqda. 2023-yilning oktyabr-dekabr oylarida internet doʻkonlardagi kiyim-kechak assortimenti oʻtgan yilga nisbatan 3,7 barobarga oshdi. Lekin savdo maydonchasi sotuvchilar orasida talab boʻyicha raqobatchilardan orqada qolmoqda.

«Kommersant»ning qayd etishicha, boshqa internet doʻkonlar ham ushbu segmentdagi onlayn sotuvlar oʻsishi tufayli oʻzlarining kiyim-kechak turlarini rivojlantirishdan manfaatdor.

Oʻzbekiston Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatimiz korxonalari tomonidan 10,7 trillion soʻmlik tekstil mahsulotlari, 2,7 trillion soʻmlik kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Shu vaqt ichida mamlakatimizdan yillik oʻsish 3,5 foizni tashkil etgan holda jami $519,4 millionlik tekstil mahsulotlari eksport qilindi. Unda kiyim-kechakning ulushi esa $194,4 millionni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi tekstil ishlab chiqaruvchilari byudjetga 3,8 trillion soʻm oʻtkazgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek