O‘zbekistonda plastik kartalar soni 46,2 million donaga yetdi
eʼlon qilindi
Bu haqda Markaziy bank maʼlum qildi
Markaziy bank statistik byulleteniga ko‘ra, 2024-yil yanvar oyida O‘zbekistonda muomaladagi plastik kartochkalar soni 46,2 million donani tashkil qildi.
Joriy yil boshida mamlakatimizda bankomatlar va ma’lumot infokiosklari soni 26,6 mingtani, to‘lov terminallari soni esa 429,3 mingtani tashkil etdi. Shu bilan birga, terminallar orqali to‘lovlar hajmi 254,71 trillion so‘mdan oshdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda yangi Apex Moliya mikromoliya tashkiloti paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.