Banklarda dollar narxi 12 700 so‘mdan oshdi
eʼlon qilindi
Uning o‘rtacha narxi deyarli 17 so‘mga ko‘tarildi
1-aprel kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 16,95 so‘mga o‘sdi va 12 645,00 so‘mni tashkil qildi. Mamlakat banklarida AQSh valyutasining narxi 12 700 so‘mdan yuqoriga ko‘tarildi.
Moliya institutlari dollarni 12 565 – 12 600 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 640 – 12 710 so‘mdan sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz 29-mart kuni AQSh valyutasining o‘rtacha qiymati deyarli 8 so‘mga ko‘tarilgan edi.