Avtomobilni rasmiylashtirish necha pulga oshdi

eʼlon qilindi
Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish 6,84 baravarga oshdi
Foto: welcomia/Depositphotos

31-mart kuni Avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini (yarim tirkamalarini) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatga olish uchun toʻlov stavkalari oshirilish haqida qonun hujjati tasdiqlandi.

Hujjatga koʻra, 1-apreldan elektromobillar, mototransport vositalari va tirkamalarni roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan olish uchun toʻlovlar stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1,5 baravari, yaʼni 510 ming soʻmga oshirildi.

Boshqa qolgan barcha transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatga olish BHMning 6,84 baravariga, yaʼni 2,32 mln soʻmga oshdi. Ilgari bu BHMning 10 foizi — 34 ming soʻmni tashkil qilgan edi.

Yangi tasdiqlangan qonunga ko‘ra, «Kursiv» nashri birlamchi va ikkilamchi bozordan avtomobilni rasmiylashtirish bugungi kunda necha pulga tushishini hisoblab chiqdi.

Unga koʻra, birlamchi bozordan (salondan) xarid qilingan avtomobilni rasmiylashtirish uchun quyidagi davlat bojini toʻlash talab qilinadi:

Davlat roʻyxatidan oʻtkazish — 2,32 million soʻm;

Texnik pasport — 238 ming soʻm;

Avtomobil raqami — 1,19 mln soʻm (chiroyli avtoraqam tanlansa, narxi oshishi ham mumkin);

Sugʻurta — 40 ming soʻm.

Birlamchi bozordan xarid qilingan avtomobilni rasmiylashtirish umumiy hisobda 3,8 million soʻmga aylanadi. Agar avtomobil ikkilamchi bozordan xarid qilinsa, yuqoridagi jarayonlarga qoʻshimcha notarius xizmati — 1,15 million soʻm ham qoʻshib toʻlanishi kerak.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston bozoridagi yangi avtomobillar haqida xabar bergan edi. Ular orasida respublikada yig’ilgan KIA ham bor. Shuningdek, Xitoyning Zeekr brendi ham O‘zbekiston bozoriga kirib keldi.

Shuningdek