Davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekistonning bir qancha viloyatlarida korrupsionerlarni qo‘lga oldi

eʼlon qilindi
O‘tqazilgan reydlar natijasida
Foto: sergeitokmakov / Pixabay

Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xodimlari poraxoʻr mansabdor shaxslarga qarshi reydlar oʻtkazdi.

Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari qo‘lga olingan.

U mahalliy farmatsevtika korxonasiga korxona tomonidan 2,1 milliard so‘mni o‘zlashtirgani bo‘yicha ekspertiza natijalarini bekor qilishga va’da bergan. Buning uchun amaldor 30 ming dollar pora talab qilgan.

Hukumat xodimi 22,5 ming dollar olayotgan paytda qo‘lga olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u avvalroq 7,5 ming dollar olgan.

Shuningdek, Toshkent shahrida o‘tkazilgan reyd davomida O‘zbekiston shaharsozlik ilmiy-tadqiqot instituti xodimi 20 ming dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Andijonlik tadbirkorga ikkita turar joy binosi qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishga va’da bergan. Ma’lum bo‘lishicha, u firibgarlikni institut direktori bo‘lib ishlagan otasi bilan til biriktirib amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Qashqadaryoda yana bir korruptsioner – «Barkamol avlod» maktabi direktori qo‘lga olindi. U tanishiga Yakkabog‘ tumani maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘limi mudiri lavozimiga 55 ming AQSh dollari evaziga va’da berib, 30 ming dollar avans olayotgan vaqtda ushlangan.

Avvalroq «Kursiv» mart oyi boshida Andijon viloyatida korruptsionerlar hibsga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek