O‘zbekistonda za’faron yetishtirishga qariyb 80 million yevro sarmoya kiritiladi

eʼlon qilindi
 Loyiha BMB Opera Zafferano tomonidan amalga oshirilmoqda
Rasm: Prezident matbuot xizmati

Oʻzbekistonning BMB Opera Zafferano korxonasi 2027-yilgacha zaʼfaron yetishtirishni qariyb 11 barobar oshirish rejalashtirmoqda, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbari bir kun avval Jizzax viloyatidagi «BMB Holding» kompaniyasining logistika majmuasini borib ko‘rdi.

BMB Opera Zafferano hozirda 400 gektar maydonda 1,8 tonna za’faron yetishtirmoqda. Mahsulot Italiya, Saudiya Arabistoni, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Avstriya va Fransiyaga sotiladi. Amerika bozoriga chiqish rejalari bor.

Kelgusi uch yil ichida kompaniya za’faron ishlab chiqarishni 20 tonnaga yetkazmoqchi. Loyihaga investitsiyalar hajmi 80 million yevrogacha oshadi.

Avvalroq «Kursiv» ВМВ Holdingi USDA Organic sertifikatini olgani haqida yozgan edi, bu esa AQSh bozorida za’faronni sotish huquqini beradi.

Shuningdek