Belarus shakari Markaziy Osiyoda Rossiya shakarining oʻrnini qisman qoplamoqda
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Oy boshidan beri 8,4 ming tonna eksport qilindi
                    
                            
Belarus respublikasi Markaziy Osiyo davlatlariga mart oyida 9,6 ming tonna, aprel oyi boshidan beri esa 8,4 ming tonna shakar eksport qilib, Rossiyaning eksportdagi oʻrini qisman egallamoqda, deya xabar beradi Sugar.ru portali.
Rossiya federatsiyasidan shakar eksportining taqiqlanishi va xomashyo yetkazib berishning qisqarishi kutilmoqda.
Oy boshidan buyon Oʻzbekistonga temir yoʻl orqali bor-yoʻgʻi 3,1 ming tonna Rossiya shakar xomashyosi olib kelingan. Taqqoslash uchun mart oyida rekord daraja 48,8 ming tonnaga yetgan edi.
Avvalroq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Rossiyaning shakar eksportiga taqiqi Oʻzbekistonga taʼsir qilmasligi haqida maʼlum qilgan edi.
