O‘zbekistonning doimiy aholisi 37 millionga yaqinlashdi

eʼlon qilindi
Statistika agentligi hisobotiga ko‘ra
Rasm: Statistika agentligi

OʻzR Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 1-aprel holati bo‘yicha respublikaning doimiy aholi soni 36,96 mln tashkil qildi.

Aholi soni o‘tgan yil bilan solishtirganda 2,1 foizga o‘sgan, 2024-yilning birinchi oylarida 163,5 ming kishiga oshgan. Yangi maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, mamlakatda har oy oʻrtacha 54,5 ming kishi qoʻshilmoqda. Bu doimiy yashovchilar soni har kuni 1,8 mingga oshib borayotganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 1 kv. km. yerda oʻrtacha 82 nafar doimiy aholi istiqomat qiladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha yosh koʻrsatkichi maʼlum qilgan edi. 2023-yilda Oʻzbekistonda doimiy aholining oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan.

Shuningdek