Dollar juma kuni tushdi
eʼlon qilindi
O‘rtacha tortilgan qiymati 7 so‘mga pasaydi
19-aprel kuni O‘zR valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 7 so‘mga pasaydi va 12 690 so‘mni tashkil qildi. Respublika Markaziy banki ham AQSh valyutasi kursini shu darajada belgiladi.
Bugun, 19-aprel kuni mamlakatning tijorat banklarida bir dollarni 12 635 – 12 690 so‘mdan xarid qilishmoqda. Amerika valyutasi 12 710 – 12 760 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha 18-aprel kuni dollar narxi 12 700 so‘mga yaqinlashgan edi.