Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston xalqiga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbari qardosh Qozogʻiston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.
Davlat rahbarlari yaqinda Xiva shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida kelishib oldi.
Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar va boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham koʻrib chiqildi.
Joriy yilning aprel oyida Qozogʻistonda soʻnggi 80 yildagi eng yirik suv toshqinlari yuz berdi. Aqtoʻbe, Akmola, Atirau, Shimoliy Qozogʻiston, Gʻarbiy Qozogʻiston, Qoʻstanay va Pavlodar viloyatlari eng koʻp jabr koʻrdi. Hammasi boʻlib 118 mingdan ortiq odamlar evakuatsiya qilindi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Qozogʻistonga insonparvarlik yordami yuborgani haqida xabar bergan edi.