O‘zbekistonlik gimnastikachi qizlar jahon chempionatida yetti medalni qo‘lga kiritdi
eʼlon qilindi
Musobaqa Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi
Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon kubogida yettita medal qo‘lga kiritdi, shundan ikkitasi oltin, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Taxmina Ikromova «to‘p» va «halqa» yo‘nalishlari bo‘yicha ikkita oliy mukofotga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, gimnastikachi uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi, guruh mashqlari natijalariga ko‘ra jamoa yana bir mukofotga sazovor bo‘ldi.
Qolaversa, Natalya Usova «bulava» yo‘nalishi bo‘yicha bronza medali bilan taqdirlandi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi poytaxtimizda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada qirq davlatdan yuzdan ortiq sportchilar ishtirok etgani avval xabar qilingandi.