O‘zbekiston yarim finalda Indoneziyani mag‘lub etdi
29-aprel kuni futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining birinchi yarim final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda O‘zbekiston Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi.
1-taymda hamyurtlarimiz gol urish uchun raqib darvozasi oldida juda ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishdi, biroq Indoneziya futbolchilari yaxshi harakat qilishdi va 1-taymda gollar bo‘lmadi.
2-taymning 61-daqiqasida Indoneziya vakili hisobni o‘zgartirdi, biroq hakam golni bekor qildi, chunki Indoneziya futbolchisi o‘yindan tashqari (offsayd) holatda qolgan edi. 69-daqiqada Husayn Norchayev raqib darvozasiga aniq zarba berdi va hisobni O‘zbekiston foydasiga o‘zgartirdi. 86-daqiqada Indoneziya futbolchisi o‘z darvozasiga gol urdi va hisob 2:0 ga o‘zgardi.
O‘zbekiston U-23 jamoasi Osiyo kubogi finaliga chiqdi va o‘z tarixida ilk bor Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qo‘lga kiritdi. Endi 3-may kuni final uchrashuvida Yaponiya olimpiya terma jamoasi hamyurtlarimizga qarshi bahs olib boradi. Yaponiyaliklar ikkinchi yarim final bellashuvida Iroq yoshlarini mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz chorak finalda Saudiya Arabistoni ustidan g‘alaba qozongan edi.