Osiyo-Okeaniya kubogi finalida O‘zbekiston Tailand bilan chempionlik uchun bahs olib borishadi – video

eʼlon qilindi
Uchrashuv soat 19:30 Humo Arenada bo‘lib o‘tadi
Rasm: UZ.HOCKEY

Bugun, 30-aprel kuni «Humo Arena»da Xokkey bo‘yicha Osiyo-Okeaniya kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Soat 19:30 da O‘zbekiston U-18 jamoasi Tailand vakillariga qarshi muzga chiqadi. O‘tgan Osiyo-Okeaniya kubogida hamyurtlarimiz chempion bo‘lishgan edi.

Aytish joizki, kecha bo‘lib o‘tgan yarim final bahsida O‘zbekiston BAA ustidan g‘alaba qozongan edi. O‘yin 12:0 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi yarim final bahsida Tailand Mo‘g‘uliston ustidan 7:4 hisobida g‘alaba qozondi va final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Eslatib o‘tamiz, Quvayt va Indoneziya jamoalari reglamentni buzgani uchun diskvalifikatsiya qilingan edi. Quvayt terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yinni yakunlay olishmagan, Indoneziya borasida esa baʼzi xokkeychilarning sport fuqaroligi bilan bog‘liq muammolari aniqlangani sababli yarim finaldagi raqib «B» guruhida uchinchi o‘rinni egallagan BAA terma jamoasi bo‘ldi.

Shuningdek