OKMK birinchi chorakni sof foydaning ko‘tarilishi bilan yakunladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Foyda deyarli 5foizga oshdi
Rasm: OKMK

2024-yilning birinchi choragi yakuni bo‘yicha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK)ning sof foydasi 1,5 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 foizga ko‘pdir, deya xabar beradi Yagona korporativ axborot portali.

Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar 904,9 foizga oshib, 713,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Uzoq muddatli bank kreditlari 22,9 foizga oshib, 15,1 trln so‘mga yetdi. Uzoq muddatli kreditlar 110,0 foizga oshib, 6,3 trln so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» NKMK va OKMK xodimlari yer va mol-mulk solig‘ini to‘lamaydigan eng yirik shaxslarga aylangani xabar qilgan edi.

Shuningdek