UzAuto Motors avtomobil xaridorlariga shoshilinch xabar bilan murojaat qildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Kompaniya boshqa resurslarda shartnoma tuzmaslikni so'raydi
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi bugun, 8-may kuni avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzish xizmatini ko‘rsatuvchi botlar va kanallar tarqalib ketgani haqida ogohlantirdi. Bayonot tashkilotning Telegram-kanalida e’lon qilingan.

Kompaniya boshqa resurslarda shartnoma tuzmaslikni so‘raydi.

«Kompaniya shubhali xizmatlardan foydalanmaslikni qat’iy tavsiya qiladi. savdo.uzavtosanoat.uz onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon mavjud emas», deyiladi bayonotda.

UzAuto Motors uchinchi tomon resurslaridagi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari firibgarlik sxemalari uchun ishlatilishi mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 8-may kuni soat 10:00 da kompaniya Lacetti sotib olish bo‘yicha shartnomalarni ochdi.

Shuningdek