Oʻzbekistonga sarmoya kiritayotgan davlatlar roʻyxatida Xitoy yetakchilik qilmoqda
eʼlon qilindi
2024-yilning I choragi bo‘yicha
Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-mart oylarida 107 trillion soʻmdan ortiq kapital investitsiyalarni jalb qildi. Ularning qariyb 70 foizi xorijiy investitsiyalar hisobiga toʻgʻri keldi, deya xabar beradi Davlat statistika agentligi.
Qayd etilishicha, Xitoy bu davrda investitsiya kiritish boʻyicha yetakchilik qildi hamda jami investitsiyalarning 23 foizini tashkil qildi. Keyingi oʻrinlarda Rossiya (13,8%) va Turkiya (8,5%) joy oldi.
Shuningdek, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga eng koʻp sarmoya kiritgan davlatlar beshligiga Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari ham kirdi.
Avvalroq «Kursiv» III Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari boʻyicha $26,6 milliard shartnomalar imzolangani haqida xabar bergan edi.