O‘zbekistonda homiladorlik qanchaga tushadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
«Kursiv» bola tug'ish xarajatlarini hisoblab chiqdi
Rasm: evgenyataman/www.depositphotos.com

Hozirgi kunda Oʻzbekiston aholisi soni 37 mln kishiga yetdi. Bu koʻrsatkich Markaziy Osiyo aholisining salkam yarmiga toʻgʻri keladi. O‘zR aholisining o‘sishi bilan tibbiy xizmatlar (jumladan, tug‘uruqxonalar) bo‘lajak chaqaloqlar salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Homiladorlik vaqtida ayol uchun kerakli dori-darmonlar, vitaminlar va boshqa tibbiy xizmatlarning narxlarini «Kursiv» hisoblab chiqdi.

Tibbiy ko‘rik va dori-darmonlar

Har bir ayolning homiladorlik jarayonlari har xil bo‘lishi mumkin, shuning uchun ayolga kerak bo‘lgan zarur protseduralarning aniq to‘plami faqat shifokor tomonidan belgilanishi mumkin. Biroq o‘rtacha hisobda O‘zbekistonda ko‘pchilik uchun quyidagi xizmatlar ko‘rsatilgan.

Ayol kishi homiladorligini bilganidan soʻng har oy (9 oy davomida) 100 ming soʻmdan tibbiy koʻrik (UZI) uchun pul toʻlaydi. Jami boʻlib 900 ming soʻm.

Skrining tekshiruvi homiladorlik davrida uch marta oʻtiladi. Har bir tekshiruv 200 mingdan 350 ming soʻmgacha tushadi. Oʻrtacha xarajat tibbiy koʻrik uchun 600 ming soʻm. Yoki skrining markazida va oilaviy poliklinikada bepul qilsa bo‘ladi, biroq uzun navbatda turish kerak bo‘ladi.

Skrining tekshiruvi – tugʻilajak bolada mumkin boʻlgan genetik yoki boshqa nuqsonlarni oldindan bilish uchun kerak. Bosh miya, yurak, umurtqa pogʻonasi, oyoq-qoʻllaridagi nuqsonlar, Daun sindromi va boshqa nogironlik bilan bogʻliq muammolarni aniqlashni oʻz ichiga oladi.

Shuningdek, kelajakdagi onaga vitaminlar buyurilishi mumkin, ularning har biri uchun tavsiyalar ehtiyojlarga qarab farq qilishi mumkin. Shuning uchun faqat shifokor kerakli dori-darmonlarning aniq ro‘yxatini bera oladi. Homiladorlik birinchi oylarida, bolaning tushish xavfi boʻlganida (tonus) tarkibida progesteron gormoni boʻlgan dorilar sotib olinadi, ular- Utrojestan yoki Dyufaston (150 ming soʻmgacha) bir qadogʻi. Multi-vitaminlar – Elevit, Folik kislotasi, Magne B6, D3, Yodofol, Omega homiladorlikning oxirigacha iste’mol qilsa boʻladi. Jami bu vitaminlarning narxi 600 ming soʻmga boradi.

Yana analizlar topshirish kerak boʻladi. RV OITS, gepatit B-C, hgch, torch, qon guruhi analizlari – 400 ming soʻm boʻladi.

Tug‘uruqxona va keralki bo‘lgan anjomlar qiymati

Bola tugʻilishi uchun kerakli anjomlar va kiyim kechaklarga sumka yigʻiladi. Bu sumkani ichiga chaqaloq qalpoqchasi, bir nechta to‘plam chaqaloq kiyimlari, tagliklar (pampers), talk kukuni (prisipka), bolalar yoʻgʻi, soʻrgʻich, shisha, sut soʻrgʻichi, pelenka-taglik, ona uchun pijama, sovun, kattalar tagliki, tish choʻtkasi, tish pastasi, quloq tozalagich, nam salfetkalar, quruq salfetkalar, goʻdak uchun yopingʻich kiradi. Bunday sumkaning narxi 700 mingdan 1,2 mln soʻmgacha boʻladi.

Tugʻuruqxonada ikki kishilik palatada ichida muzlatkich va konditsioner boʻlsa, kuniga 150 ming soʻmdan toʻlash kerak boʻladi. Oʻrtacha tugʻuruqxonada ayol 3 kun boʻladi. 3 kun uchun narx 450 ming soʻm.

Akusher-ginekologning xizmati, toifasiga qarab 2 mln soʻmdan 8 mln soʻmgacha tashkil qiladi. Bemorga qarash va parvarishlash uchun hamshiralarga xohishga qarab ham 50 ming soʻmdan beriladi.

Bola tug‘ilganidan so‘ng xarajatlar

Bola tugʻilganidan soʻng suyunchi sifatida tibbiy xizmatchilarga (akusher ginekolog, hamshiralar) 1 mln soʻm va xohishga qarab undan koʻproq bersa ham boʻladi.

Tugʻuruqxonadan chiqqanda, kim xohlasa mashina buyurtma qilishi mumkin. Avtomobil rusumiga qarab 1,3 – 3,8 mln soʻm atrofida bo‘ladi. Operator xizmati 1,3 mln soʻmni tashkil qiladi.

Bola tugʻilgan kuniga tort olib kelinadi, tortning narxi 300 mingdan boshlanadi.

Mehmonlarga dasturxon yozishga shirinliklar, pista-bodom (chaq-chuq), ichimliklar, mevalar, salatlar va non qoʻyiladi. Suyuq ovqat (shoʻrpa) tayyorlanadi. Buning xarajati 2 mln soʻm atrofida boʻladi.

Chaqaloq uchun bolalar aravachasi, karavotcha, shkaf, bolalar vannasi (togʻora toʻplami), gorshok kerak boʻladi. Bu narsalarning narxi 6,3 mln soʻmdan boshlanadi.

Bu roʻyxatda homiladorlikning oʻrtacha xarajatlari koʻrsatilgan. Hammasini hisoblagan holda 18 mln soʻm kerak boʻladi.

Shuningdek