Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya qilish masalasi muhokama qilinadi
14-may, seshanba kuni Toshkentda qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar Kengashining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV). Press-reliz «Kursiv»da mavjud.
«Konferensiya qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish hamda mintaqadagi davlatlar hamkorligini institutsionallashtirish sohasida Markaziy Osiyo davlatlari oʻzaro tajriba almashishi uchun oʻziga xos maydonga aylanadi», deyiladi xabarda.
TIV kengash O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilganini qo‘shimcha qildi. Davlat rahbari bu taklifni 2022-yil mart oyida ilgari surgan edi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshidan «Inson» ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari zulm va zo‘ravonlik qurbonlariga himoya orderi talab qilinmasdan ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatadi.