Surxondaryoda pullik yoʻl qurilishiga Xitoy kompaniyasi jalb etilishi mumkin

eʼlon qilindi
Yo‘l M41 “Bishkek – Dushanbe – Termiz” avtomobil yo‘liga parallel bo‘ladi
Foto: Unsplash

Xitoyning «Hunan Industrial Equipment Installation Co» kompaniyasi Surxondaryo viloyatida pullik yoʻl qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Kompaniya vakillari ushbu masalani viloyat rahbari Ulugʻbek Qosimov bilan muhokama qildi.

Yoʻl M41 «Bishkek – Dushanbe – Termiz» avtomobil yoʻliga parallel boʻladi. Ta’kidlash joizki, avval ishlab chiqilgan pullik yoʻl qurilishi loyihasida mingdan ortiq uylar koʻchirilish hamda 60 mingdan ortiq daraxt kesilishi kerak edi. Uy-joy va oʻsimliklarni saqlab qolish uchun yangi yoʻl quriladi.

Ma’lumot uchun, «Hunan Industrial Equipment Installation Co» kompaniyasi 1958-yilda tashkil etilgan boʻlib, kompaniya energetika, mashinasozlik va elektrotexnika sohalaridagi obyektlarni qurish bilan shugʻullanadi.

Tashkil etilganidan buyon kompaniya Xitoy va xorijda 6 mingga yaqin muhandislik loyihalarini amalga oshirgan.

Avvalroq «Kursiv» Pekindagi CITIC Construction Olimpiya stadioni quruvchilari Oʻzbekistonda pullik yoʻllar qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek