Oʻzbekistonda TOP-20 yirik soliq toʻlovchilar ma’lum qilindi

eʼlon qilindi
Bu haqda Soliq qo‘mitasi maʼlum qildi
Foto: Advantour

Oʻzbekistonda 2024-yil yanvar-aprel oylarida deyarli 2,2 mingta yirik soliq toʻlovchi tomonidan 32,9 trln soʻmdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, to‘langan soliqlarning 16,2 trln soʻmi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta yirik soliq toʻlovchi hisobiga toʻgʻri keladi. Ushbu oʻnlikda soliq toʻlovlari boʻyicha «Navoiy kon metallurgiya kombinati» AJ yetakchilik qilmoqda – 7,7 trln soʻmdan ziyod. Shuningdek, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 2,5 trln soʻm, «Uzgastrade» — 1,4 trln bilan uchlikni yakunlab berdi.

Foto: Fiksal tahlillar Telegram kanali

2,5 trln soʻmdan ziyodrogʻi xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq toʻlovchilar hisobiga toʻgʻri keladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi eng yirik soliq toʻlovchi kompaniyalarida ayol rahbarlar qanchaligi haqida xabar berdi.

Shuningdek