Xalqaro ekspertlar O‘rol Tansiqboyev asarlarini restavratsiyasida yordam berishmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi homiyligida
Rasm: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi

3-maydan 17-mayga qadar O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi homiyligida O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyida rassom asarlarini restavratsiya qilish bo‘yicha dastur bo‘lib o‘tdi. Fransiya va O‘zbekiston mutaxassislari rahbarligida 18 ta asar qayta tiklandi.

«O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mahalliy mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirish, ularning eng yetakchi xalqaro mutaxassislari bilan tajriba almashinuvini rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratadi. Biz muzey xodimlarining kelajak avlodini kamol toptirish, ularga mamlakatimiz madaniy merosini asrab-avaylash uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni egallashlariga ko‘maklashamiz. Biz O‘zbekistonda restavratsiya maktabini rivojlantirishning naqadar muhimligini anglab, barcha darajadagi muzey xodimlarining malakasi xalqaro standartlarga muvofiq kelishi uchun barcha sa’y-harakatlarimizni ishga solamiz» , dedi Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerova.

Dasturga Patrisiya Verges va uning hamkasbi, rassomlik sohasida tajribali konservator-restavrator Klaudiya Sindako boshchiligidagi Milliy meros instituti mutaxassislari jalb etildi.

«O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyida amalga oshirilgan restavratsiya loyihasi Parijdagi Fransiya Milliy meros instituti vakillariga Yevropa jamoatchiligiga unchalik mashhur bo‘lmagan rangtasvir ashyolar ustida ishlashda ishtirok etish, shuningdek, mazkur loyihaga qo‘shilgan o‘zbekistonlik restavratorlar bilan tajriba almashish imkonini berdi. Ish davomida biz asarlar saqlanayotgan muzey binosi va ularning doimiy ko‘rgazma va to‘plam jildlaridagi muhofaza shartlari xususida xolis baho berishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan tashqari, beshta keng miqyosli mato suratlar va kartonga ishlangan ikkita eskizning restavratsiya ishlari olib borilib, hoshiya taxtachalari yangilandi. Qayta tiklangan asarlar muzey ekspozitsiyasiga qaytariladi», dedi texnik ekspert, konservatsiya va restavratsiya bo‘yicha mutaxassis Patrisiya Verges.

Avvalroq «Kursiv» Xitoyda O‘zbekiston liboslari namoyish etilganini e’lon qilgan edi. Mamlakatdan chopon, so‘zan va taqinchoqlar kabi 20 nomdagi kiyim-kechak keltirilgan edi. Ularning barchasi odatda Samarqand muzey-qo‘riqxonasi va O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Shuningdek