Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlari pasayishda davom etmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahliliga ko‘ra
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

Joriy yilning aprel oyida poytaxtda oʻrtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan oʻrtacha 0,9 foizga, toʻliq ta’mirlangan xonadonlar uchun esa oʻrtacha 1,12 foizga pasaygan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) xabar bermoqda.

Oʻrtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi

2024-yilning aprel oyida oʻrtacha ta’mirlangan 1 xonali turarjoy uchun taklif etilgan ijara narxlari mart oyidagiga nisbatan oʻrtacha 1,4 foizga pasayib, $386 tashkil etgan boʻlsa, 2 xonali xonadonlar uchun ijara narxlari 0,4 foizga pasayib $434 ga tushgan. Shuningdek, oʻrtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali turarjoylar uchun ijara narxlari mos ravishda 1,3 foiz va 0,6 foizga pasayib, oʻrtacha narxlar $507 va $587 tashkil etgan.

Oʻrtacha ta’mirlangan uy-joy uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida taklif etilgan boʻlsa, eng qimmat ijara narxlari Shayxontohur va Mirobod tumanlarida kuzatildi.

Toʻliq ta’mirlangan uy-joy ijarasi

Aprel oyida toʻliq ta’mirlangan 1 xonali turarjoylar uchun oʻrtacha ijara narxi $467 dollarni tashkil etib, oʻtgan mart oyidagiga nisbatan 0,8 foiz tushdi. 2 xonali turarjoylar uchun ushbu koʻrsatkichlar mos ravishda 2,1 foizga pasayib, $631 tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali turarjoylar uchun taklif etilgan oʻrtacha ijara narxlarida $784 dollar ham biroz (0,4 foiz) pasayish kuzatildi. Toʻliq ta’mirlangan 4 xonali turarjoylar oʻrtacha ijara narxlari ham 1,1 foiz tushib, $901 ga pasaygan.

Toʻliq ta’mirlangan turarjoylar uchun eng arzon ijara narxlari Uchtepa va Chilonzor tumanlarida, eng qimmat ijara narxlari esa Shayxontohur va Mirobod tumanlarida kuzatildi.

Avvalroq «Kursiv» 15-maydan uy-joy olish uchun subsidiyaga ariza topshirish boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek