Olmaliqda “Quruvchilar bog‘i” ochildi
eʼlon qilindi
Umumiy maydoni 7,5 gektar
Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida «Quruvchilar bogʻi»ning ochilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi viloyat hokimligi.
Bogʻning qurilishi 2023-yilda boshlangan. Qiyalikda joylashgan hududni toʻgʻrilash uchun tuproq olib kelingan va tekislangan.
Hudud boʻylab yoritqichlar, oʻrindiqlar oʻrnatildi, 1,3 ming metr beton yoʻlaklar yotqizildi. Bogʻ atrofi panjara bilan oʻralgan. Uch mingdan ortiq daraxtlar, 25 ming tup gul ekildi. Umumiy maydoni 7,5 gektar.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston milliy tabiat bog‘larida tashrif markazlari tashkil etilishi rejalashtirilgani haqida yozgan edi.