Kimga Qozog‘istonga bormaslik tavsiya qilindi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
RF hududida jinoyat sodir etgan O‘zR fuqarolarini qo‘lga olish holatlari yuz beryapti
Rasm: Roman Fedotov / Kursiv

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vatandoshlarga Rossiyada huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa, Qozog‘istonga bormaslikni tavsiya qildi.

Bunday ogohlantirishga sabab fuqarolar qo‘shni respublikada hibsga olinishi mumkin. RF va QzR o‘rtasidagi kelishuvlar ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni tan olish va ijro etishni nazarda tutadi.

«So‘nggi vaqtlarda Rossiya hududida huquqbuzarlik sodir etgan O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tish vaqtida hibsga olinish holatlari kuzatilmoqda», deyiladi agentlik bayonotida.

Avvalroq «Kursiv» 150 ming kishini daromadi yuqori bo‘lgan xorijiy mamlakatlarga jo‘natish rejalashtirilganini yozgan edi. Bu tashabbus O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shuningdek