“Asakabank” mobil ilovasida uzilishlar bo‘lishi mumkin
eʼlon qilindi
Bank xodimlari ushbu muammoni hal qilish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqdalar
Mobil provayderlar bilan bog‘liq muammolar tufayli «Asakabank» mobil ilovasi faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda moliya muassasasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Bizning xodimlarimiz ushbu muammoni hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqdalar. Tez orada mobil ilova odatdagi rejimda ish faoliyatini davom ettiradi», deyiladi xabarda.
Avvalroq «Kursiv» «Asakabank» 2024-yilning birinchi choragini 65,6 milliard so‘m sof foyda bilan yakunlagani haqida yozgan edi. O‘tgan yilning yanvar-mart oylaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 175,9 milliard so‘mni tashkil qilgan.