Nogiron farzandi boʻlgan onalar yoshga doir pensiyaga ertaroq chiqish imkoniyatiga egami
Nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari umumiy belgilangan pensiya yoshidan (55 yosh) 5-yil oldin pensiyaga chiqish huquqiga ega. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi qonunining 12-moddasi 3-bandiga koʻra, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari ularni 8 yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa va ish staji kamida 20-yil boʻlgan taqdirda 5 yil oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega.
Bunday holatda ayollar umumiy belgilangan 55 yoshdan emas, boshqalarga qaraganda imtiyozliroq, ya’ni 50 yoshdan pensiyaga chiqishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» pensiya miqdorini hisoblashda ustama va mukofot pullari ham inobatga olinishi haqida xabar bergan edi.