24-may kuni respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
Rasm: depositphotos.com

Bugun, 24-may kuni O‘zbekistonning har bir viloyatida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashqari har bir viloyatlarda kuchli shamol sababli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Havo harorati 25-30 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 24-26 iliq va kechasi 16-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, ba’zi joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Kuchli shamol boʻlishi ehtimoli bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi havo harorati 15-20 iliq va kechasi 8-13 daraja iliq boʻladi. 

Shuningdek