Alisher Yusupov dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medali sohibi
BAA poytaxtida dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining shaxsiy dasturi bo‘yicha musobaqa yakunlanib, +100 kg vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasi vakili Alisher Yusupov g‘alaba qozonib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi O’zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati.
Hamyurtimiz ushbu nufuzli musobaqada 2022-yilgi jahon chempioni kubalik Endi Grandani mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi va ikkinchi bor bronza sovrinini qo‘lga kiritdi.
Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida 107 davlat o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 kumush va 1 bronza medalini qo‘lga kiritib, 11-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Chempionlik uchun kurashda yurtimiz vakili italiyalik Odetta Juffridaga imkoniyatni boy berdi.