Pensiya tayinlashda bir qancha jarayonlar soddalashtirildi

eʼlon qilindi
Bu haqda jamgʻarma axborot xizmati xabar bermoqda
Foto: golib.tolibov.gmail.com/Depositphotos

Pensiya tayinlash jarayonlarini soddalashtirish yoʻlida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bu haqda jamgʻarma axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda fuqarolarning ish stajlari va ish haqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan olinmoqda. Shuningdek, arxivda ish staji toʻgʻrisidagi ma’lumotlar saqlanmagan holatlarda 2005-yilgacha boʻlgan davrdagi mehnat daftarchasidagi yozuvlar tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmasdan inobatga olinishi belgilandi.

2024-yil yanvardan boshlab fuqarolar pensiya tayinlashni soʻrab qoʻshimcha ravishda Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qilishlari imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, bugungi kunda ishlamaydigan fuqarolar Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilish orqali mehnat daftarchalaridagi ma’lumotlarni bepul raqamlashtirib olishlari uchun imkoniyat yaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» qanday holda ayollar yoshga doir pensiyaga ertaroq chiqishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek